Foydalanish qo‘llanmasi

SMSAPI.UZ xizmatidan foydalanish tartibi

Boshlash tartibi

Atigi bir necha qadam

1
Ro'yxatdan o'ting

Ism, familiya, telefon raqami, login va parol bilan bepul hisob yarating

2
Admin tasdiqlaydi

Arizangiz ko'rib chiqiladi va tasdiqlangach hisobingiz faollashadi

3
Balansni to'ldiring

Ko'rsatilgan kartaga pul o'tkazib, chek rasmini yuklaysiz — admin yoki bot tasdiqlaydi

4
SMS yuboring

Matningizni bir marta tasdiqlatib, keyin xohlagancha marta, faqat yuborilgani uchun to'lab yuborasiz

Platforma imkoniyatlari

Texnik bilim talab qilinmaydi

Yakka SMS yuborish

Mijozlarga alohida, bitta raqamga tezkor xabar yuborish imkoniyati

Guruh bo'lib SMS yuborish

Kontaktlarni guruhlarga ajratib, bir vaqtning o'zida hammasiga xabar yuborish. Kontaktlarni Excel fayl orqali ommaviy import va eksport qilish ham mumkin

SMS Shablonlar tizimi

Yubormoqchi bo'lgan matningizni "SMS Shablonlarim" bo'limida bir marta admin tasdig'idan o'tkazib olasiz, shundan keyin xuddi shu matn bilan istagancha marta so'rovsiz yuborishingiz mumkin

Balans asosida to'lov

Ulanish yoki obuna to'lovi yo'q — faqat haqiqatda yuborilgan SMS uchun balansingizdan yechiladi. Balansni istalgan vaqtda karta orqali to'ldirishingiz mumkin

Qarzdorlik eslatmalari

Qarzdorlar ro'yxatini yuritib, belgilangan kunlar oralig'ida avtomatik muloyim eslatma SMS yuborish

Hisobot va statistika

Yuborilgan SMSlar, yetkazilganlik holati va balans tarixi bo'yicha to'liq nazorat

Muhim eslatma

Tizimdan foydalanish uchun texnik bilim yoki dasturiy integratsiya talab qilinmaydi — faqat ro'yxatdan o'tib, balansingizni to'ldirasiz va SMS yuborasiz. Admin faqat ro'yxatdan o'tish, to'lov va yangi matnlarni tasdiqlash bosqichlarida ishtirok etadi.